Yevropa Ittifoqi Va O‘zbekistonda Barqaror Rivojlanish Va Yashil Iqtisodiyot Siyosati: 2020–2025-Yillardagi Qiyosiy Tahlil
- Authors
-
-
Muminova Nargiza Makhsudjonovna
Professor, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
-
- Keywords:
- Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, iqlim siyosati, qayta tiklanuvchi energiya, yashil investitsiyalar
- Abstract
-
Maqolada 2020–2025-yillarda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonda barqaror rivojlanish hamda yashil iqtisodiyot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qiyosiy o‘rganilgan bo`lib, tahlillarda iqlim masalalari, qayta tiklanuvchi energetika, investitsiyalar, energiya samaradorligi va institutsional boshqaruv masalalari yoritilgan. Rasmiy strategik ma`lumotlari va xalqaro tashkilotlar materiallari asosida ikki hududning yondashuvlari, o‘ziga xos shart-sharoitlari va amaliy muammolari taqqoslangan. Natijalar O‘zbekiston uchun Yevropa tajribasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish emas, balki milliy iqtisodiy va tabiiy sharoitlarga moslashtirish zarurligi ko‘rsatilgan. Maqolada yashil transformatsiya samaradorligini iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy natijalar birligida baholash bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan.