KO‘RISH IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILAR UCHUN TA'LIM JARAYONIDA VIRTUAL SINF VA PODKASTLARNING AHAMIYATI
Keywords:
ta'lim jarayoni, virtual sinf, podkastlar, tinglab tushunish, ta'lim metodlari, axborot texnologiyalari, Inkluziv ta'lim, interaktiv o‘qitishi, ovozli materiallar, ta'lim resurslari, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yondashuvlar, o‘qitish strategiyalariAbstract
Ushbu maqolada ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun virtual sinf va podkastlarning ta'lim jarayonidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Virtual sinflar interaktiv o‘rganish muhitini yaratib, o‘quvchilarga masofadan ta'lim olish imkonini beradi. Podkastlar esa eshitish orqali o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa tinglash va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu vositalar o‘quvchilarning ta'limga qiziqishini oshirib, ularning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga yordam beradi. Natijada, ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ta'lim jarayoni yanada qulay va samarali bo‘ladi.Downloads
Published
2026-06-22