KOREYS TILIDA 아/ 어 보다 (-B,-IB KO‘RMOQ KO‘MAKCHIFE’LINING MA’NO KO‘LAMI

Authors

  • Nosirova Nigora Olimjon qizi Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi Author

Keywords:

Ko‘makchi fe’l,, nutq akti, semantik vazifa, semantik imkoniyat, pragmatik foydalanish, semantic munosabat.

Abstract

Zamonaviy koreys tilshunosligida “아 /어 보다” (-b, -ib ko‘rmoq) ko‘makchi fe’li koreys tili ta’limi uchun asosiy grammatik vosita bo‘lib, koreys tili darsliklarida va alohida grammatikaga asoslangan kitoblarda salmoqli ahamiyatga ega bo‘lgan grammatika shakllaridan biri sanaladi. Ushbu “아 /어 보다 ” ko‘makchi fe’li fe’l hamda sifat so‘z turkumiga qo‘shilib, so‘zlovchining gapga bo‘lgan tushunchasi va munosabatini, shuningdek, so‘zlovchining suhbat ishtirokchisi bo‘lgan tinglovchiga semantik munosabatini ifodalaydi.

Downloads

Published

2026-06-20