SO‘Z-GAPLAR VA TO‘LIQSIZ GAPLAR: SINTAKTIK SODDALIK VA SEMANTIK TO‘LIQLIK MUAMMOSI

Authors

  • Ibragimova Muqaddas SamDCHTI o‘qituvchisi Samarqand, O‘zbekiston Author

Keywords:

so‘z-gap, to‘liqsiz gap, kommunikativ birlik, pragmatik funksiya, emotsional-ekspressivlik, antropotsentrik yondashuv,, kontekstual to‘liqlik, struktur-semantik tahlil, virtual muloqot, undovlar, interjektsiya, nominativlik, kommunikativlik, til tizimi, kognitiv-pragmatik yondashuv.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikda muhim sintaktik birliklardan biri bo‘lgan so‘z-gaplar va to‘liqsiz gaplarning struktur-semantik hamda kommunikativ-pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi — bu ikki hodisaning o‘zaro chegarasini aniqlash, ularning nutq jarayonidagi funksional imkoniyatlarini, emotsional-ekspressiv va antropotsentrik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Xorijiy tilshunoslar — F. Ameka va D. Vilkinsning “Interjections” nomli qo‘llanmasida keltirilgan fikrlar maqolaning nazariy asosini boyitadi. Ular undovlarni (interjektsiyalarni) so‘z-gaplarning dastlabki shakli sifatida talqin qilib, bu birliklarning so‘z yasashda ham ishtirok etishini ta’kidlaydilar. Maqolada so‘z-gaplar masalasiga oid qarashlar N.S. Kovalev, V.V. Babaytseva, O.V. Prussova kabi rus tilshunoslarining tadqiqotlari asosida yoritilib, yanada mukammal va tizimli tarzda takomillashtirildi.. N. S. Kovalev so‘z-gaplarni muloqot jarayonida mustaqil kommunikativ birlik sifatida, shuningdek, virtual muloqotda inson hissiy holatini ifoda etuvchi vosita sifatida talqin etadi. V.V. Babaytseva esa so‘z-gaplar - bo‘linmas, leksiko-morfologik xususiyatga ega, emotsional va irodaviy ma’noli mustaqil kommunikativ birliklar ekanini ko‘rsatadi. O. V. Prussova fikricha, so‘z-gaplar - o‘ziga xos turkum bo‘lib, o‘zgarmas, kommunikativ ma’noli, modal munosabatni ifodalovchi, butun gapga nisbatan ishlatiladigan mustaqil birliklardir.Shuningdek, maqolada A. A. Shaxmatovning to‘liqsiz gaplar haqidagi qarashlari ham tahlil qilinadi. Olim to‘liqsiz gaplarni tilning jonli nutqiy shakllaridan biri sifatida baholaydi va ularni bir tarkibli to‘liq gaplar bilan qiyoslab, “grammatik to‘liqlik” tushunchasiga yangicha yondashuvni ilgari suradi. Shu jihatdan maqolada to‘liqsiz gaplarning struktural yetishmovchiligi emas, balki kontekstual to‘liqligi asosida baholanishi ko‘rsatiladi. Natijada maqolada so‘z-gaplar va to‘liqsiz gaplarning o‘zaro aloqasi, ularning semantik, pragmatik va struktur jihatdan farqlanishi, hamda nutq jarayonida inson hissiyoti, ijtimoiy roli va muloqot konteksti bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanadi. Maqola natijalari til birliklarining kommunikativ-funktsional tabiatini yanada chuqurroq yoritishga xizmat qiladi va zamonaviy sintaksisda antropotsentrik yondashuvni kuchaytirishga turtki beradi.

Downloads

Published

2026-06-20