FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OKKAZIONAL O‘ZGARISHLARI

Authors

  • Tursunova Ozoda Tirkashovna Samarqand davlat chet tillar instituti Author

Keywords:

Frazeologik birlik, ekspressiv, okkazional, transformatsiya, ibora,, til dinаmikasi, sintаktik strukturа.

Abstract

Frazeologik birliklar tilda ekspressivlikni ko‘rsatib berish, buyoqdorlikni oshirish, ba’zan murakkab tuyulgan tushunchalarni qisqa va lo‘nda ifodalash, nutqni boyitish uchun qo‘llaniladi. Ammo frazeologik birliklar har doim ham qat’iy o‘zgarmas tarkibga ega bo‘lavermaydi. Ba’zan vaziyat taqazosi bilan frazeologik birliklardagi butunlik ataylab buziladi va ushbu birliklar okkazional ma’no kasb etadi. Ushbu maqola shunday okkazional transformatsiyalar to‘g‘risida bo‘lib, ulardagi ushbu o‘zgarishlarning lingvistik xususiyatlarini va qanday tamoyillar asosida kelib chiqishini o‘rganadi.

Downloads

Published

2026-06-20