ELLIPSIS TIL VOSITALARINI TEJASHNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMIL SIFATIDA
Keywords:
ellipsis, til vositalarini tejash, grammatik hodisa, leksik hodisa, sintaksis, stilistika, nutq ixchamligi, ta’sirchanlik, individual uslubAbstract
Ushbu maqola tilshunoslikdagi dolzarb muammolardan biri – ellipsis hodisasiga bag‘ishlangan.Ellipsis til vositalarini tejash va nutqni sodda, ta’sirchan qilishning universal usuli hisoblanadi. U XVIII-XIX asrlarda tilshunoslar (K.F. Bekker, A. Noren) tomonidan grammatik hodisa sifatida o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik Fley¬sher uni leksik nuqtai nazardan ham izohlagan. Hozirgi tadqiqotlarda esa ellipsis nafaqat ega yoki kesimning tushirilishi, balki artikl, ko‘makchi va qo‘shma so‘z qismlarining chiqib qolishi bilan ham bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Uning asosiy vazifasi – ortiqcha birliklarni qisqartirish, matnni ixcham va ifodali qilish hamda muallifning individual uslubini namoyon etishdir.Downloads
Published
2026-06-19