SO‘Z O‘RTASIDA YONMA-YON (QO‘SHALOQ) YOZILADIGAN AYRIM HARFLAR XUSUSIDA
Keywords:
o‘zbek lotin alifbosi, imlo tamoyillari, qo‘shaloq undoshlar, asl manba, vosita til, orfografik simmetriya, tovush va harf uyg‘unligiAbstract
O‘zbek lotin alifbosida o‘z orfografik yechimini kutayotgan masalalardan biri – so‘z o‘rtasida yonma-yon (qo‘shaloq) yoziladigan ayrim harflar imlosidir. Masalan, grammatika so‘zi talaffuzida bitta [m] tovushi eshitilsa-da, lekin asl manba va rus tilida qo‘shaloq harf bilan yozilgani bois o‘sha taxlitda yozib keldik. Aslida, bunday tipdagi so‘zlarni o‘zbeklar jonli nutqiga muvofiq tarzda – bitta undosh bilan ifodalash orfografik jihatdan to‘g‘ri yechim bo‘ladi: orfografik simmetriya – tovush va harf uyg‘unligi ta’minlanadi.Downloads
Published
2026-06-19