Suv Omborlaridan Foydalanishda Gidravlik Va Gidrologik Rejimi Tadqiqotlari Tahlili

Authors
  • N. T. Qo‘chqorov

    Toshkent shahar FVB xodimi
  • A. N. Doniyorov

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi tayanch doktoranti.
Keywords:
suv ombori, loyqa-cho‘kindi jarayonlari, sedimentatsiya, gidravlik model, tiniqlik darajasi, oqiziklar balansi, bashoratlash, suv resurslari, ekspluatatsiya rejimi, gidrologik jarayonlar, modellashtirish
Abstract
mazkur maqolada suv omborlarida yuzaga keladigan loyqa-chökindi jarayonlari, ularning shakllanish qonuniyatlari hamda suv omborining foydali hajmiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda loyqa-chökindilarning to‘planishi ikki bosqichli jarayon sifatida ko‘rib chiqilib, har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari, gidravlik va gidrologik omillar bilan bog‘liqligi asoslab berilgan. Shuningdek, mavjud nazariy, empirik va balansi tenglamalar asosidagi hisoblash usullari (Teylor, Shamov, Lapshenkov va boshqalar) tahlil qilinib, ularning afzallik va kamchiliklari aniqlangan. Maqolada suv omborlarida loyqa bosish jarayonini baholash va bashoratlash uchun matematik modellar, tiniqlik darajasi ko‘rsatkichlari hamda oqiziklar balansi tenglamalari asosida takomillashtirilgan yondashuv taklif etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mavjud usullarda vaqt davomida o‘zgaruvchi gidravlik parametrlarning to‘liq hisobga olinmasligi hisoblash aniqligini pasaytiradi. Shu bois suv omborlarini loyihalash va ekspluatatsiya qilishda bosqichma-bosqich loyqa bosish jarayonini hisobga oluvchi zamonaviy yondashuvlardan foydalanish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari suv omborlarining xizmat muddatini uzaytirish, ularning foydali hajmini saqlab qolish va suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Cover Image
Downloads
Published
2026-07-29